Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Эзоза Тургунова

«Если человек о чем-то искренне мечтает, то вся вселенная поможет ему и воплотит эту мечту в реальность!»

18-may – Xalqaro muzeylar kuni

1977-yildan buyon butun dunyoda an’anaviy tarzda 18 may Xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Bugungi bayram munosabati bilan ict.xabar.uz jamoasi poytaxtimizdagi «Aloqa tarixi muzeyi»ga tashrif buyurdik. Kirib borishimiz bilan bizni «Robotjon» xirom aylab kutib oldilar. Muzey xodimlarining aytishicha, «Robotjon» o‘zbek tilida va hattoki 12 ta viloyat shevasida ham gapirishni o‘rganayotgan ekan.

«Aloqa tarixi muzeyi» qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan munosib o‘rin egallab, shu kunga qadar muzeyga tashrif buyuruvchilar soni 65 000dan ziyod kishini tashkil etdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, muzeyning asosiy yo‘nalishi hamda faoliyati yosh avlodni kengroq qamrab olishga qaratilgan.

Mustaqillik yillaridagi aloqa sohasidagi yangi texnologiyalar va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishiga muzeyda alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, mobil aloqa kompaniyalari, bank muassasalari – «Aloqabank» shuningdek, ommaviy axborot vositalari – «Xabar» gazetasi va boshqalar shular jumlasidandir.

Muzeyda bir necha asrlar mobaynida xat tashigan haqiqiy ot aravadan tortib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor foydalangan O‘zbekistondagi birinchi mobil telefonni ham uchratish mumkin.

Bundan tashqari, mehmonlarni faqat texnika olami bilan zeriktirib qo‘ymaslik maqsadida antiqa milliy eksponatlar ham muzeydan o‘rin olgan.

Siz ushbu muzeyga yaqinlaringiz bilan tashrif buyurib, mutlaqo bepul hordiq chiqarishingiz mumkin!

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети