Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram qoidalarini buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkaziladi

Telegram qoidalarini buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkaziladi

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida qidiruv boshqa xabar almashish ilovalariga qaraganda kuchliroq, chunki u foydalanuvchilarga umumiy kanallar va botlarni topish imkonini beradi. 

Afsuski, ayrim insonlar bu xususiyatdan noqonuniy tovarlarni sotishda foydalanib, xizmat ko‘rsatish shartlariga amal qilmayaptilar. 

Jinoyatchilarning Telegram Search xizmatini suiste’mol qilishlarini oldini olish maqsadida xizmat ko‘rsatish shartlari va maxfiylik siyosatini yangiladi va ular butun dunyo bo‘ylab izchil bo‘lishini ta’minladi.  

Telegramga huquq-tartibot idoralariga messenjer qoidalarini buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qila boshlaydi, dedi Pavel Durov.

Telegram, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida global qidiruvni keraksiz kanallar va botlardan tozalaydi va endi buni doimiy ravishda amalga oshiradi.

Agar siz hali ham Telegram qidiruvida xavfli yoki noqonuniy biror narsani topsangiz, bu haqda @SearchReport orqali xabar bering.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring