Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telefoningizni begonalarga bermang yoki bekatdagi kibero‘g‘rilik

Telefoningizni begonalarga bermang yoki bekatdagi kibero‘g‘rilik

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 29 yoshli P.A.ning bank kartasidagi 600 ming so‘m o‘z-o‘zidan yo‘qolib qoldi. U vaziyatga oydinlik kiritishni so‘rab ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 22 yoshli N.G. sodir etgani aniqladi.

Voqea tafsiloti shunday: N.G. bekatda turgan P.A.dan uning telefonidan qo‘ng‘iroq qilib olishni iltimos qiladi. Smartfonni qo‘liga olganidan so‘ng esa... P.A.ga sezdirmasdan “Click” ilovasiga kirib, o‘zining mobil qurilmasiga SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 600 000 so‘m pulni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan. Chaqqonligini qarang-a...

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.G.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring