Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qopqondagi tekin pishloq: sovg‘a ilinjida havolaga kirganlar kartasidagi pulidan ayrildi

Qopqondagi tekin pishloq: sovg‘a ilinjida havolaga kirganlar kartasidagi pulidan ayrildi

Foto: Cyber_102

Toshkent shahrida yashovchi 36 yoshli M.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 4.700.000 so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tekshiruvlar natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 22 yoshli E.S. sodir etganligi aniqlandi.

E.S. Telegram orqali “Aksiyada ishtirok eting. Sovg‘alar yutib oling!” mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga  bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan shaxslarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Binobarin, shu vaqtgacha sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorlik bo‘lishi mumkin.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring