O‘g‘ri tanish ekan...
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi I.K. ichki ishlarga arz qilib, o‘ziga qarashli bank kartasidan 2 700 000 so‘m pul yo‘qolganini ma’lum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 30 yoshli R.K. sodir etgani aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan R.K. jabrlanuvchi I.K.ning tanishi bo‘lib, uning mobil telefoniga kelgan SMS-xabarnomani bilib olish orqali, bank kartasining boshqaruvini qo‘lga kiritgan, so‘ngra uning hisobidagi pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.K.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz: Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter