Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida soxta ko‘rik-tanlov o‘tkazgan firibgar qo‘lga olindi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida soxta ko‘rik-tanlov o‘tkazgan firibgar qo‘lga olindi

Kollaj: Xabar.uz

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 50 yoshli (ayol) A.K. ichki ishlar organlariga arz qilib, bank kartasidan 3 000 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi 24 yoshli Q.X. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Q.X. jabrlanuvchi A.K.ga “Telegram” messenjeri orqali maktab o‘quvchilari uchun ko‘rik-tanlov o‘tkazilayotganligi haqida yolg‘on xabar berib, tanlovda qatnashish uchun oldindan 3 000 000 so‘m pulni o‘zining bank kartasiga o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Q.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatma: Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring