iOS 18 o‘g‘irlangan qismlar o‘rnatilgan iPhonelarni bloklashni boshlaydi
Yangi iOS 18da blokirovka qilish xususiyati (Activation Lock) ekran, kamera yoki batareya kabi alohida smartfon qismlariga kengaytiriladi.
O‘g‘irlangan qismlari aniqlangan taqdirda, foydalanuvchidan asl qurilma hisobi uchun parolni kiritish talab qilinadi.
Ishqibozlar allaqachon ikkita iPhone qismlarini almashtirishga harakat qilishgan.
Shu bilan birga, texnologiya giganti iPhoneni ishlatilgan original ehtiyot qismlar yordamida ta’mirlashga ruxsat beradi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu mahsulotlarning xizmat qilish muddatini oshiradi, shuningdek, ta’mirlashning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, iOS 18 16-sentyabrda chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter