Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada IT-ta’lim olib, yuqori maoshli ishga kirish uchun ajoyib imkoniyat

Yaponiyada IT-ta’lim olib, yuqori maoshli ishga kirish uchun ajoyib imkoniyat

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari O‘zbekiston yoshlarini Yaponiya IT-universitetlarining ilg‘or dasturlari asosida o‘qitish va shu yo‘nalishda Kunchiqar yurtda yuqori maoshli ishlarga joylashtirish maqsadida qator kelishuvlarga erishishdi.

Yaponiya va O‘zbekistonning turli sohalardagi ilg‘or kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari hamda tadqiqot institutlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yaponiya” biznes-forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari tomonidan “O‘zbekistonda IT sohasi istiqbollari, investitsion jozibadorlik hamda yoshlarni IT ta’limga o‘qitish” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Biznes-forum doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • Raqamli texnologiyalar vazirligi va CAL Co., Ltd kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni Yaponiyada IT sohasida ish bilan ta’minlash yo‘nalishida Anglashuv memorandumi;
  • Digital Knowledge Co., Ltd kompaniyasi hamda Japan Digital University bilan O‘zbekistonda generativ sun’iy intellektdan foydalangan holda Yaponiyaning ta’lim texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida uch tomonlama Niyat memorandumi;
  • Yaponiyaning Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik markazi (Center of the International Cooperation for Computerization — CICC) bilan Yaponiyaning IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi va o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli hamkorlik aloqa qo‘mitasi (Liaison Committee for Digital Cooperation)ni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Niyat memorandumi imzolandi.

Erishilgan hamkorlik natijasida O‘zbekiston yoshlari uchun Yaponiyaning yuqori sifatli oliy ta’lim dasturlari asosida O‘zbekiston va Yaponiyada tahsil olish, Yaponiyaning IT-kompaniyalarida amaliyot o‘tash va IT-mutaxassisi sifatida Yaponiyada yuqori maoshli ish o‘rinlarini egallash kabi imkoniyatlar yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring