Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy amaldorlarga iPhonedan foydalanishni taqiqladi

Xitoy amaldorlarga iPhonedan foydalanishni taqiqladi

Foto: 3dnews

Xitoy rasmiylari markaziy hukumat amaldorlariga iPhone va boshqa xorijiy brend qurilmalaridan ish maqsadida foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. Bunday devayslarni hukumatga qarashli binolarga olib kirish ham mumkin emas.

Davlat xizmatchilari tegishli buyruqni chat-guruhlar orqali yoki ishchi uchrashuvlar davomida oldilar. Tashabbus Xitoyning xorijiy texnologiyalarga qaramligini kamaytirish, shuningdek, kiberxavfsizlikni yaxshilash, mamlakat chegaralari orqali o‘tadigan maxfiy ma’lumotlar oqimini kamaytirishga qaratilgan dastur doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu Xitoyda smartfon bozorida xorijiy brendlarning mavqeiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Zero, Apple Xitoyni eng yirik bozorlardan biri deb biladi va umumiy daromadining taxminan 19 foizini shu yerdan oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring