Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOM Markaziy temir yo‘l vokzalida ilk SIM-komat qurilmasini ishga tushirdi

UZTELECOM Markaziy temir yo‘l vokzalida ilk SIM-komat qurilmasini ishga tushirdi

UZTELECOM Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalida avtomatlashtirilgan SIM-karta sotish qurilmasi – SIM-komatni ishga tushirdi. Bu yangilik mobil aloqaga ulanish jarayonini soddalashtirishda muhim qadam bo‘lib, poytaxt mehmonlari va fuqarolarga SIM-kartalarni operator ofisiga tashrif buyurmasdan tez va qulay olish imkonini beradi.

SIM-komat – bu avtomatik o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasi bo‘lib, foydalanuvchilarga SIM-kartani olish va raqamni bir necha daqiqa ichida faollashtirish imkonini beradi. 

SIM-komatning ishga tushirilishi vokzalning keng ko‘lamli rekonstruksiyasi yakunlanishi bilan bir vaqtda amalga oshirildi. Bu o‘z o‘rnida vokzal qulayliklarini oshirishga xizmat qiladi. UZTELECOM tomonidan o‘rnatilgan SIM-komat sayohatchilarning mushkulini yengillashtiruvchi yangi texnologiya. Endi mehmonlarimiz vokzalning o‘zida SIM-kartalarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz olishlari mumkin, bundan sayohatchilar ham mamnun bo‘lishiga shubhamiz yo‘q.

Yangi SIM-komat Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalining qulay hududida joylashgan. Foydalanuvchilar uskuna yordamida ekrandagi sodda ko‘rsatmalarga amal qilib SIM-karta olishlari va faollashtirishlari mumkin. Yaqin kelajakda UZTELECOM bunday qurilmalar sonini butun O‘zbekiston bo‘ylab ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, bu mamlakat fuqarolari va mehmonlari uchun mobil aloqaga ulanishni yanada qulaylashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring