UZINFOCOM “Digital Kyrgyzstan” forumida MyID loyihasini taqdim etdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Digital Kyrgyzstan” forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori — UZINFOCOM ushbu tadbirda MyID biometrik identifikatsiya loyihasini taqdim etdi.
Tizim sertifikatlangan. O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik markazining axborot xavfsizligi talablariga javob beradi.
Ma’lumot uchun:
- 2021-yilda MyID loyihasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Markaziy Osiyodagi eng yaxshi raqamlashtirish loyihasi deb tan olingan.
- 2022-yilda MyID tizimi “Yil loyihasi” xalqaro IT tanlovida “Eng yaxshi biometrik identifikatsiya loyihasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
UZINFOCOM “PLUS-Forum“ning oltin homiysi hisoblanadi.
“PLUS-Forum“ dasturi bank va chakana savdo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Yirik kompaniyalar o‘zlarining noyob mahsulotlarini innovatsion bozorda namoyish etadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter