Toshkent shahridagi Amity universiteti bitiruvchilari uchun “Graduation Ceremony for the Class of 2024” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Amity Universiteti prezidenti va kansleri Atul Chauhan hamda katta vitse-prezidenti Amol Chauhan tomonidan bitiruvchilarga tabrik so‘zlari bilan boshlandi.
Olimjon Umarov o‘z nutqida bitiruvchilarning texnologik rivojlanish yo‘lida qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi. Raqamli texnologiyalar sohasida kuchli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash O‘zbekiston kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Amity Universitet prezidenti Atul Chauhan bitiruvchilarning universitetda orttirgan bilim va tajribalarni jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun sarflash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, bitiruvchilar o‘z sohalarida yetakchi bo‘lishlari, zamonaviy dunyoda texnologiyalar va bilimlarning integratsiyasi orqali ijobiy o‘zgarishlar olib kelishlari mumkinligi aytib o‘tildi.
Bitiruvchilarning mehnatsevarligi va fidoyiligiga yuksak baho berildi hamda o‘z bilimlaridan jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanishga chorladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter