SI va kontaktsiz to‘lovga ega Samsung aqlli ko‘zoynaklari 2025 yil yanvar oyida namoyish etiladi

Samsung 2025-yil 22-yanvarda bo‘lib o‘tadigan Unpacked tadbirida Galaxy S25 debyuti bilan bir qatorda o‘zining birinchi aqlli ko‘zoynaklarini e’lon qilishga tayyorlanmoqda.
Yonhap News xabariga ko‘ra, taqdimot faqat rasm yoki videoni ko‘rsatish bilan cheklanadi va qurilmaning to‘liq ishga tushirilishi 2025-yilning uchinchi choragida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘zoynak Samsung kompaniyasi tomonidan Google bilan birgalikda Android asosida ishlab chiqilgan platformada ishlaydi.
Funksionallik kengaytirilgan reallik (XR) texnologiyalari, imo-ishoralarni boshqarish va kontaktsiz to‘lovni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, qurilma displeyga ega emas va og‘irligi 50 gramm atrofida bo‘lib, Ray-Ban aqlli ko‘zoynaklarini eslatadi.
Samsung shuningdek, 2024-yil dekabr oyida XR platformasini taqdim etishni rejalashtirmoqda, bu kompaniyaning aqlli qurilmalari ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter