Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Qozog‘istonda “OSON” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Qozog‘istonda “OSON” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar Olmaotada o‘z vakolatxonasini ochgan ushbu kompaniyaning joriy yutuqlarini muhokama qildilar.

Mazkur kompaniya O‘zbekistonda muvaffaqiyatli shakllangan IT ekotizim mahsuli bo‘lib, uning Qozog‘istondagi kengayishi O‘zbekiston IT sektorining xalqaro miqyosda rivojlanayotganidan dalolatdir.

Bu nafaqat bitta kompaniyaning chet el bozoriga chiqishi, balki  O‘zbekiston IT kompaniyalari o‘z faoliyatini kengaytirib, mintaqada yetakchi texnologik o‘yinchilarga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning Qozog‘istondagi faoliyati natijalari, jumladan, mijozlar bazasining o‘sishi, muvaffaqiyatli loyihalar va mintaqada hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, kompaniya vakillari 2025 va 2026-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish rejasi bilan o‘rtoqlashdilar hamda kompaniyaning kelgusidagi rejalari taqdimot qilindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring