Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi

Mobiuz nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi

Foto: Digital.uz

Mobiuz mobil operatori SAMENA Telekommunikatsiya Kengashining nufuzli LEAD Awards mukofotini qo‘lga kiritdi.

Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlar operatorlari ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi sifatida tan olindi.

LEAD Awardsning turli mukofotlari 2023-yil 10 – 11-oktyabr kunlari Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tayotgan Mobil keng polosali aloqa global forumi (Global Mobile Broadband Forum 2023) doirasida topshirildi. Ular raqamli rivojlanish sohasidagi yetakchilik va ajoyib yutuqlar uchun mukofotlandi.

SAMENA – bu telekommunikatsiya assotsiatsiyasi bo‘lib, Janubiy Osiyo va MENA mintaqasidagi aloqa operatorlari, ishlab chiqaruvchilar va ilm-fan vakillarini birlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring