Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyaning “NRC” kengashi rahbariyati bilan memorandum imzolandi

Koreyaning “NRC” kengashi rahbariyati bilan memorandum imzolandi

Foto: Digital. uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha milliy kengashi (NRC) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha milliy kengash raisi Shin Dong Chon bilan olib borilgan muzokarada Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot markazlari va “NRC” tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish muhokama qilindi. Shuningdek, “NRC” tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati va amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishildi.  

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va “NRC” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.  

Uchrashuv davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va “NRC” tarkibidagi tadqiqot institutlari orasida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

 

Shuningdek, sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida “NRC” tarkibidagi sun’iy intellektni rivojlantirishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring