Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kibersport bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” musobaqasi tashkil etildi

Respublikada kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16 noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-son qarori tasdiqlangan.

25 dekabr kunı Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda Kibersport assotsiatsiyalari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” musobaqasi start oldi.

Turnirda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashmoqdalar:

-CS2 (Counter-Strike 2)  kibersport turi bo‘yicha Namangan viloyatidan

“Gamepoint Esports” hamda Toshknet shahridan “Blaze” jamoalari;

- Mobile Legends: Bang Bang kibersport turi bo‘yicha Navoiy viloyatidan “Besh Barmaq” hamda Toshknet shahridan “Seven Hights” jamoalari;

  • PUBG Mobile (TDM rejimida) kibersport turi bo‘yicha Andijon viloyatidan “UPG” hamda Toshknet shahridan “NOT X UWW TDM” jamolari final boshqichida bellashuvlar o‘tkazmoqdalar.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 150 million so‘mni tashkil etib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 50 mln.dan taqsimlanadi.

1 - o‘ringa – 30 mln. so‘m

2 - o‘ringa – 15 mln. so‘m

3 - o‘ringa – 5 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring