Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya butun Yevropada sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini boshqarishning asosiy markaziga aylandi

Italiya butun Yevropada sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini boshqarishning asosiy markaziga aylandi

Foto: Ferra.ru

Italiyada Yevropa Ittifoqi loyihasi doirasida  IRIS2 sun’iy yo‘ldosh turkumini boshqarishning asosiy markazi joylashgan bo‘ladi. Bu haqda Italiya ishlab chiqarish korxona vaziri Adolfo Urso ma’lum qildi.

Qiymati 6 milliard yevro bo‘lgan IRIS2 bir necha yuz sun’iy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi va bu Yevropa Ittifoqining texnologik suverenitetini oshiradi. Loyiha Italiya, Fransiya va Lyuksemburgda joylashgan uchta nazorat markazini o‘z ichiga oladi.

Loyihaga Yevropa Ittifoqi hissasi 2,4 milliard yevroni tashkil etadi, qolgan mablag‘lar esa xususiy kompaniyalar va Yevropa kosmik agentligidan jalb etilishi kutilmoqda. IRIS2 Yevropa Ittifoqining Galileo va Copernicusdan keyin uchinchi yirik sun’iy yo‘ldosh dasturi bo‘lishi kutilmoqda.

Amerikadagi Starlink tarmog‘ining analogi bo‘lgan IRIS2 kosmik texnologiyalar sohasidagi Yevropa mavqeini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. 2027-yilgacha tizimning to‘liq quvvatiga erishish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring