Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPT Italiyada taqiqlandi

ChatGPT Italiyada taqiqlandi

Foto: PaySpace Magazine / Logosgroup

Italiya ChatGPT taqiqlangan dunyodagi ilk mamlakatga aylandi.

Chat-botga asosiy e’tiroz shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish boshqarmasidan bo‘ldi. Boshqarma ta’kidlashicha, ChatGPT servisida garchi 13+ yosh chegarasi o‘rnatilgani ko‘rsatilgani bilan, aslida foydalanuvchilarning yoshi tekshirilmayapti. Bundan tashqari, Italiyaning shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchiligini buzmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ChatGPTda “sboy” (ishdan chiqish) kuzatilib, foydalanuvchilarga bir-birlarining shaxsiy ma’lumotlari ko‘rinadigan bo‘lib qolgandi. Italiyada tegishli organni chat-botni yopishga undagan asosiy sabab ham shu bo‘ldi.

Neyrotarmoqqa davlatlar va faollar tomonidan bosim uyushtirilayotganiga tobora ko‘p duch kelyapmiz. Nima deb o‘ylaysiz? Oxir-oqibat ChatGPTni batamom yopib yuborishmasmikan?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring