Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park Uzbekistan rezidentlarga yordam berish maqsadida “Local2Global” dasturini ishga tushirdi

IT Park Uzbekistan rezidentlarga yordam berish maqsadida “Local2Global” dasturini ishga tushirdi

Xorijiy korxonalar tomonidan O‘zbekiston kompaniyalariga bo‘lgan qiziqish jadal o‘sib bormoqda “Global Business Services Forum” doirasida bo‘lib o‘tgan "Tech.Expo" ko‘rgazmasida rezidentlarimizning muvaffaqiyati buning tasdig‘idir: 30 nafar ishtirokchi xorijiy mehmonlar bilan ikki tomonlama kelishuvlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 60 dan ortiq muzokaralar o‘tkazdilar.

Boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida IT Park Uzbekistan  o‘z rezidentlariga foydali shartnomalar tuzish va chet elda IT va autsorsing  xizmatlarini ko‘rsatishda faol ko‘maklashishga tayyor.

Yaponiya va Koreyaga yo‘naltirilgan dastlabki ikki guruh allaqachon 25 nafar ishtirokchini jalb etdi. Ular uchun IT Park Uzbekistan  jamoasi 2 oy davom etadigan eksportga chiqish bo‘yicha maxsus dastur tashkil qildi. Dastur kompaniya portfoliosi va vizual elementlarini tayyorlash, raqamli platformalarda marketing targ‘iboti va rezident kompaniyalar xodimlari uchun treninglar o‘tkazishda yordam berishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga xorijiy sayohatlarni tashkil etishda va maqsadli mamlakatlarning sanoat ko‘rgazmalari hamda konferensiyalarida qatnashishda yordam ko‘rsatiladi, bu yerda rezidentlar buyurtmachi kompaniyalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, kompaniyalarga bozorni o‘rganish va potensial mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida mos ravishda Yaponiya va Koreyaga tashrif uyushtiriladi.

“Local2Global” dasturi doirasida rezident-ishtirokchilarga moliyaviy ko‘mak ham beriladi — IT Park Uzbekistan  kompaniyalarning qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qoplab beradi:

  • taniqlikni oshirish yoki mutaxassislardan ta’lim olish;
  • mahalliy xodimlar va ularning faoliyati bilan tanishish maqsadida xorijiy hamkor kompaniyalarning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish;
  • netvorkingni yo‘lga qo‘yish va yirik kompaniyalar tajribasini o‘zlashtirish maqsadida xalqaro tadbirlar va konferensiyalarda ishtirok etish;
  • eksport sohasidagi maslahatchilar xizmatlariga sarflanadigan xarajatlar.

Ta’kidlash joizki, “Local2Global” dasturi ishtirokchilari uchun eksportni rivojlantirish rejasi qo‘yiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun rezidentlar my.it-park.uz kabinetida shaklni to‘ldirishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring