Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hyundai Ioniq 6 — Jahonning yil avtomobili!

Hyundai Ioniq 6 — Jahonning yil avtomobili!

Foto: Automotive News Europe

World Car Of The Year 2023 (“Jahonning yil avtomobili”) tanlovi hakamlari bosh mukofotni Hyundai Ioniq 6 elektromobiliga topshirishdi.

Hyundai Ionic 6 — avtomat korobkali elektr motorli fastbek. Dvigateli kuchi — 151 dan 325 ot kuchigacha, maksimal tezligi — 185 km/s. Eng kuchli motorli talqini (325 ot kuchi) 100 km/soat tezlanish olishga 5,1 soniya sarflaydi.

Hyundai Ionic 6.
Foto: Car and Driver

Koreys mashinasi, shuningdek, “Yil elektromobili” va “Yil dizayni” nominatsiyalarida, Land Rover Range Rover (Buyuk Britaniya) va Lucid Air (AQSh)ni ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

World Car Of The Year tanlovi har yili muntazam o‘tkazib kelinadi. Hakamlar hay’ati turli mamlakatlardagi 100 dan ziyod atomobil yo‘nalishidagi jurnalistlardan tashkil topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring