Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi bankomatning farqi yo‘q: UzCard va Humo integratsiyalashib bo‘ldi

Endi bankomatning farqi yo‘q: UzCard va Humo integratsiyalashib bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Kecha, 31-iyul sanasida UzCard tizimi Humo bilan integratsiyalashuv jarayoni nihoyasiga yetganini e’lon qildi.

Jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi, unifikatsiya barcha tijorat banklari bankomatlari tomonidan har ikki to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston hududidagi har bir bankomatda bundan buyon Uzcard va Humo tizimlari bo‘yicha amaliyotlarni bajarish, pullarni naqdlashtirish mumkin.

Yil oxiriga qadar do‘konlardagi kassalar to‘lov terminallarini unifikatsiyalash ishlari ham nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring