Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi naqd pul yechishda bankomat qidirib yurmaysiz

Endi naqd pul yechishda bankomat qidirib yurmaysiz

2023 yil 1 mayga qadar muddatga Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish xizmatini ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.

Qarorda “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash topshirilgan.

Shuningdek, Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali hisob-kitoblarni 24/7 rejimida onlayn tartibda amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi Markaziy bankning “Tezkor to‘lovlar” tizimiga integratsiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring