Dunyoning yetakchi Oksford universiteti bitiruvchisi Qorako‘l tumanidagi Acharya universitetida IT-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini boshladi
![Dunyoning yetakchi Oksford universiteti bitiruvchisi Qorako‘l tumanidagi Acharya universitetida IT-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini boshladi](https://ict.xabar.uz/static/crop/2/4/920__95_2482379405.jpg)
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Qorako‘l tumanida joylashgan Acharya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ushbu universitetning salohiyatini yanada oshirish va kelajakda uni IT-ta’lim markazlaridan biriga aylantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif doirasida ushbu universitetga ijrochi direktor lavozimiga tayinlangan Laziz Xo‘jaqulov universitet jamoasiga tanishtirildi.
Ma’lumot uchun: Laziz Xo‘jaqulov Manchester Universiteti menejment fakultetining bakalavr, 2024-yilda Buyuk Britaniyaning Oksford universitida “Tashkiliy liderlik” yo‘nalishida magistr darajasini qo‘lga kiritgan.
Tashrif yakunida universitetning akademik va ilmiy salohiyatini oshirish, yoshlarni IT-ta’limga yanada kengroq jalb qilish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter