Bugun - Frilanserlar kuni!
Ushbu bayram uydan chiqmasdan, dunyoning istalgan nuqtasidan, internetdan foydalangan holda professional faoliyat bilan shug‘ullanadiganlarga bag‘ishlangan.
Avvaliga frilanserlik talabalar uchun yarim kunlik ish sifatida shakllangan, bora-bora u mehnat bozorining muhim qismini egalladi. Birinchi frilanserlar turli nashriyotlarga o‘z xizmatlarini taklif qiladigan mustaqil jurnalistlar hisoblangan.
Ko‘rinishidan oson tuyulganiga qaramay bu kasb katta kuch, mehnatsevarlik va professionallikni talab qiladi. Butun dunyoda frilanserlikning rivojlanishi tufayli odamlar o‘zlari yoqtirgan ish bilan shug‘ullanish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Zero, masofaviy mehnat chegaralarni kengaytiradi, stereotiplarni parchalaydi, yosh va jismoniy imkoniyatlarga nisbatan cheklovlarni yo‘q qiladi. Maktab o‘quvchisidan tortib pensionergacha internetda tegishli faoliyat turini topishlari mumkin.
Frilanserlik bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassislarni bugungi bayram sanasi bilan muborakbod etamiz! Kelajak kasbi sizga faqat muvaffaqiyat keltirsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter