Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT ta’limdagi imkoniyatlar mavzusida o‘qituvchilarga taqdimot bo‘lib o‘tdi

IT ta’limdagi imkoniyatlar mavzusida o‘qituvchilarga taqdimot bo‘lib o‘tdi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida Respublika umumta’lim maktablarining 200 nafarga yaqin o‘qituvchilari Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida IT sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda Raqamli ta’lim yo‘nalishidagi imkoniyatlar bilan tanishishdi. Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mas’ullari tomonidan IT ta’lim loyihalari bo‘yicha taqdimot qilindi.

Tadbir davomida o‘qituvchilarga vazirlikning faoliyati, raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, shuningdek, zamonaviy ta’lim vositalari va platformalari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Vazirlik mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalarda o‘qituvchilarga innovatsion uslublar, elektron ta’lim resurslari va ularni amaliyotda qanday qilib qo‘llash mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring