Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple Watch Spark ag‘darilib ketgani haqida xabar yetkazdi

Apple Watch Spark ag‘darilib ketgani haqida xabar yetkazdi

Foto: Ixbt.com

Ogayoda politsiya o‘lim bilan tugagan avtohalokat haqida Apple Watch orqali xabar topdi. Aqlli soat voqea sodir bo‘lgan joyni osongina aniqlab berdi.

YTX ertalabki 7 dan 8 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yuz bergan. Ma’lumot Grouv-Siti politsiyasiga Apple Watchning avtomatik xabardor qilish funksiyasi vositasida yetib kelgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya ag‘darilib ketgan Chevrolet Spark avtomobilini topishda drondan foydalandi. Mashina ichida 2 kishi bo‘lib, ulardan biri vafot etgan, ikkinchisi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring