Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yog‘ochdan yasalgan akkumulyator quvvatlanish tezligini yanada oshirar emish...

Yog‘ochdan yasalgan akkumulyator quvvatlanish tezligini yanada oshirar emish...

Foto: Yandeks

Shvetsiyaning Altris kompaniyasi hamda Finlandiya kompaniyasi hamkorlikda litiysiz akkumulyatorlarni yaratish uchun innovatsion texnologiyani taqdim etdi.

Innovatsion texnologiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, akkumulyator yog‘och sellyulozadan iborat. 

Yog‘och pulpasini qayta ishlash natijasida paydo bo‘lgan mahsulot — lignin olimlarning alohida e’tiborini tortdi.

Uning potensial ilovalari uzoq vaqtdan buyon o‘rganib kelinmoqda.

Natijada yog‘och sellyulozasidan olingan ugleroddan anod materiali yaratildi.

Lignin uglerod kukuniga qayta ishlanadi, keyinchalik u akkumulyator anodlari uchun elektrod varaqalariga aylanadi.

Lignode deb nomlangan ushbu texnologiya Finlandiya zavodida sinovdan o‘tkazildi va natijalar quvvatlanish tezligining oshganini ko‘rsatdi.

Yangi usul akkumulyatorlarni ekologik jihatdan toza mahsulotga aylantiradi.

Kompaniya texnologiyani sotuvga chiqarishdan avval yangi texnologiyani yanada yaxshilashda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring