Vikipediya birgina ovoz uchun 2500 dollar to‘ladi
Eng yirik onlayn kutubxona o‘zining ovozli logotipini taqdim etdi. Buning uchun Vikipediyada musobaqa uyushtirildi, unda odamlar dunyoning barcha bilimlari qanday eshitilishini tasavvur qilishlari kerak edi.
"Barcha insoniyat bilimlari ovozi" tanlovi 2022 yil sentyabr oyida boshlangan. Shu vaqt ichida kompaniyaga dunyoning 135 mamlakatidan 2094 ishtirokchidan 3235 ta ariza kelib tushgan. G‘olib deb topilgan arizani AQShdan yadro muhandisi va musiqa prodyuseri Taddeus Osborn taqdim etdi.
"Mening ovozli logotipimda qog‘oz shitirlashi tovushlari klaviatura tugmachalarini bosganda chiqadigan ovozga aylanadi. Men ochiq bilim manbai bo‘lgan Vikipediyani shunday qabul qilaman", deydi u.
Kompaniya endi bu ovozni professional studiyada qayta yozib olish kerakligini aytdi. Tanlov g‘olibi esa 2500 dollar mukofot puli oladi. Endi bu tovush kelajakda Vikipediya reklamalarida ishlatiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter