Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomosha qilmasangiz oddiy rasmga aylanuvchi televizor

Tomosha qilmasangiz oddiy rasmga aylanuvchi televizor

Foto: Yandeks

Hisense kompaniyasi CanvasTV deb nomlangan yangi televizorlarni taqdim etdi.

Hisense CanvasTV ning birinchi modeli 55 va 65 dyuymli diagonallarda ishlab chiqarilmoqda.

Matritsa kvant nuqtalari (QLED) yordamida yaratilgan, 4K piksellar soniga va 144 Gts yangilanish tezligiga ega.

Ammo displeyning asosiy xususiyati uning yaltiramasligidadir.

Bu xususiyatlar maxsus Art rejimining ishlashi uchun zarurdir.

Yangi Art rejimi asosida ishlaydigan televizor go‘yoki kartinkaga o‘xshaydi.

Unda siz rasmlar o‘rniga har xil fotosuratlar to‘plamini tanlashingiz mumkin.

Orqa tomondan televizor tekis bo‘lib, uni devorga yaqin joyga o‘rnatish mumkin.

Ekran quvvat sarfini minimallashtirish uchun yorug‘lik sensori yordamida yorqinlikni avtomatik ravishda sozlash mumkin.

Qolaversa, Art rejimida xonadagi odamlarni aniqlash ham mumkin: agar televizorni hech kim ko‘rnayotgan bo‘lsa, ekran avtomatik ravishda o‘chadi.

Qo‘shimcha displey texnologiyalariga ALLM, VRR va MEMS kiradi, 2.0.2 kanalli CanvasTV audio esa tovush uchun javobgardir.

Google TV asosida ishlovchi ushbu televizorni yoz oxirida 999 dollarga xarid qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring