Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabaning kontrakt puli firibgarning kissasiga tushdi

Talabaning kontrakt puli firibgarning kissasiga tushdi

Foto: Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi 28 yoshli B.B. ichki ishlarga ariza bilan murojaat qildi. U o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan jami 1 500 AQSh dollari (18 378 105 so‘m) miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini bildirdi va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatining Namangan tumanida yashovchi 24 yoshli T.Y. sodir etganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, T.Y. 2022-2023-yillar davomida B.B.ning chet eldagi o‘qishi uchun kontrakt pullarini to‘lab berishni va’da qilgan. Turli plastik kartalarga aldov yo‘li bilan jami 1 500 AQSh dollari (18 378 105 so‘m) miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgan va uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. T.Y.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring