Sun’iy intellektli dron zararkunanda hasharotlarni yo‘q qiladi
Niderland muhandislari zararkunanda hasharotlarni yo‘q qiluvchi PATS-X kopter-terminatorini yasashdi.
Infraqizil kamerali va sun’iy intellekt bilan bog‘langan maxsus moslama hasharotlarni aniqlab, ular tomon dronni yo‘llaydi, u parraklari bilan zararkunandalarni parchalab tashlaydi. Asalari kabi foydali va o‘simliklar uchun zarari tegmaydigan boshqa hasharotlar bilan esa tizimning ishi yo‘q.
PATS-X hozirda bir nechta issiqxonalarda sinovdan o‘tkazilmoqda, uni yil oxiridan boshlab fermerlarga yetkazib berish rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter