Soradan yaxshi kelin chiqarmikin?
Endilikda ChatGPTning pullik obunasiga ega bo‘lgan barcha foydalanuvchilar Sorani bemalol kelin qilishlari mumkin. Chunki OpenAI uni rasman taqdim etdi.
Xo‘sh, Soraxonning qo‘lidan nimalar keladi?
U bir og‘iz so‘zingizga xo‘p bo‘ladi deb, istalgan turdagi videolarni yasab beradi.
Shunchaki unga muloyimlik bilan matn orqali murojaat qilsangiz bas, gap qaytarmaydi.
Soraxon faqat odatiy yumushlar bilan chegaralanib qolmay deb, montajni ham binoyidek o‘rganib olgan.
Shuning uchun u bir nechta videolaringizni ketma-ketlikda birlashtirib yoki aralashtirib ham beradi.
O‘qimishli kelinning shunisi yaxshida, u istalgan suratlaringizni videoga aylantirib berishni ham do‘ndiradi.
Bir so‘z bilan aytganda, OpenAIning so‘zini ikki qilmagan, ChatGPTning ko‘ziga tik boqmagan Soraxonning qo‘lidan choy ichmoqchi bo‘lganlar, xabar.uz Telegram sahifasiga sovchilikka kelaverasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter