Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samsung seriyadagi eng katta ekranga ega planshetlarini taqdim etdi

Samsung seriyadagi eng katta ekranga ega planshetlarini taqdim etdi

Foto: 3dnews

Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Tab A9 planshetlarining yangi seriyasini taqdim etdi. Yangi mahsulotlar Galaxy A seriyasidagi eng katta ekranlar bilan jihozlangan: Galaxy Tab A9 displey diagonali 8,7 dyuym, Galaxy Tab A9+ esa 11 dyuymli diagonalga ega.

Galaxy Tab A9 ekrani 1340 x 800 piksel, tomonlar nisbati 5:3 va yangilanish tezligi 60 Gs.ga teng. Galaxy Tab A9+ uchun bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1920×1200, 16:10 va 90 Gts.

Planshetlar sakkiz yadroli protsessorga asoslangan, qurilmalarning operativ xotirasi hajmi 4 yoki 8 GB, flesh-xotira hajmi 64/128 GB. 1 TB gacha bo‘lgan microSD xotira kartalari uchun slot ham mavjud.

Ma’lum qilinishicha, planshetlarni ba’zi mamlakatlarda uchta rangda: grafit, kumush va to‘q ko‘k rangda xarid qilish mumkin. Qurilmalarning narxi keyinroq e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring