Romsiz iPhone qachon chiqadi?
![Romsiz iPhone qachon chiqadi?](https://ict.xabar.uz/static/crop/3/0/920__95_3061199376.jpg)
The Elec nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi Samsung Display va LG Display bilan hamkorlikda romsiz OLED-ekran chiqarish ustida ish olib boryapti.
Boz ustiga, Apple bu ekranlar qavariq emas, balki tep-tekis bo‘lishini istamoqda. Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, qavariq ekran lupa effektini hosil qilib, tasvirlarni buzib ko‘rsatadi. Ikkinchidan, qavariq ekranning shikastlanish ehtimoli kattaroq.
Apple o‘zining yangi ekranida Face ID va selfi-kamera displey ostida yashirinishini istaydi. Hozirda mavjud yechimlar Apple o‘z mahsulotlaridan kutayotgan standartlarga javob bermaydi. Shunday ekan, romsiz ekranli iPhone smartfonlari chiqishini 2026-yildan buyog‘iga kutib xomtama bo‘lmang.
Qiziq, Xitoyning qaysi brendi bu yo‘nalishda Appledan chaqqonroq chiqarkan?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter