Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Olmalar” qimmatlashmoqda — iPhone 15 narxi qancha bo‘ladi?

“Olmalar” qimmatlashmoqda — iPhone 15 narxi qancha bo‘ladi?

Foto: 4PDA

iPhone 15 turkumiga kiruvchi smartfonlar taqdimotiga o‘n kungina qoldi. Shu paytgacha turli manbalar bu qurilmalar oldingi ayfonlardan nimasi bilan farq qilishi haqida deyarli ipidan-ignasigacha ochiqlab bo‘lishdi. Ammo bu smartfonlarning narxi qanchaligi yopiqligicha qolayotgandi. Shu savolga javob izlab ko‘rdik.

iPhone 15 va 15 Plus

Bo‘lg‘usi ayfonlar haqida ma’lumot berayotgan tahlilchilar va insayderlarga ko‘ra, Apple bazaviy modellari narxini o‘zgarishsiz qoldiradi. Eslatib o‘tamiz, savdolarga start berilganida, AQShda iPhone 14 — 799 dollar, iPhone 15 Plus — 899 dollardan boshlangan.

Agar bu ma’lumotlarga ishonsak, narxlar quyidagicha bo‘ladi:

  • iPhone 15 (128 GB) — 799 dollar;
  • iPhone 15 (256 GB) — 899 dollar;
  • iPhone 15 (512 GB) — 1099 dollar;
  • iPhone 15 Plus (128 GB) — 899 dollar;
  • iPhone 15 Plus (256 GB) — 999 dollar;
  • iPhone 15 Plus (512 GB) — 1199 dollar.

Ma’lumot uchun: iPhone 15 hamda 15 Plus smartfonlari 6,1 va 6,7 dyuymli displeylarda, o‘tgan yilgi Apple A16 Bionic protsessori va quvvatlash uchun USB-C port (Lightning o‘rniga) bilan chiqadi.

iPhone 15 Pro va 15 Pro Max

Iyul oyida Haitong International Securities tahlilchisi Jeff Pu iPhone 15 Pro Max bazaviy modifikatsiyasi iPhone 14 Pro Max bazaviy modifikatsiyasiga qaraganda qimmatroq bo‘lishi haqida yozgandi. Bundan ham avvalroq esa u har ikki Pro-model qimmatlashishini aytgandi. Bloomberg agentligi ham shunday fikrda.

Odatda Apple kompaniyasi har safar smartfonlarini yangilaganida narxiga 100 dollar qo‘shadi. Smartfonning xotirasi 2 TB gacha oshirilishi, 128 GB variantdan voz kechilishi haqidagi taxminlarni ham e’tiborga olish kerak.

Shulardan kelib chiqilsa, iPhone 15 Pro va 15 Pro Max narxlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • iPhone 15 Pro (128 GB) — 1099 dollar;
  • iPhone 15 Pro (256 GB) — 1199 dollar;
  • iPhone 15 Pro (512 GB) — 1299 dollar;
  • iPhone 15 Pro (1 TB) — 1499 dollar;
  • iPhone 15 Pro (2 TB) — 1699 dollar;
  • iPhone 15 Pro Max (128 GB) —1199 dollar;
  • iPhone 15 Pro Max (256 GB) —1299 dollar;
  • iPhone 15 Pro Max (512 GB) — 1399 dollar;
  • iPhone 15 Pro Max (1 TB) — 1699 dollar;
  • iPhone 15 Pro Max (2 TB) — 1799 dollar.

Oxirgi marta ayfonlar top-seriyasi 2019 yilda qimmatlashgandi. O‘shanda iPhone 11 Pro bazaviy modeli 999 dollarga baholangandi. Undan avvalgi iPhone X va iPhone XS ham xuddi shu narxda bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring