Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neuralink miya chiplari xavfli bo‘lib chiqdi, Ilon Mask esa buni yashirgan

Neuralink miya chiplari xavfli bo‘lib chiqdi, Ilon Mask esa buni yashirgan

Foto: Ferra

Miya chiplari ustida izlanayotgan Neuralink kompaniyasi shu yilning kuzida o‘z yangi mahsulotini sinab ko‘rish uchun ko‘ngillilarni qidirishni boshlagandi. Biroq Reuters xabariga ko‘ra, kompaniya rahbari Ilon Mask bu chiplar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavfni atayin yashirgan.

Amerikalik to‘rt nafar qonunchi Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasidan, Mask tomonidan firibgarlikka qo‘l urilgani ehtimoli yuzasidan surishtiruv boshlashni, talab qildi.

Diqqat markazida — investorlarni Neuralink miya chiplari xavfsizligi borasida o‘ylantirib qo‘yadigan hujjatlar. Ularga ko‘ra, miya chiplarini sinashda foydalanilgan 12 ta maymun og‘ir oqibatlar, jumladan, falaj va miya shishishi tufayli evtanaziya qilingan.

Holbuki, Mask X ijtimoiy tarmog‘i orqali 10-sentyabr kuni bergan bayonotida bironta maymun sinovlar chog‘i halok bo‘lmagan, degandi.

Ushbu voqea Neuralink miya chiplarining ishonchliligi va xavfsizligini, shuning baroabarida kompaniya rahbariyatining axloqiy javobgarligini savol ostiga qo‘yadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring