Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mitti biosensor 32 tagacha kasallikni aniqlaydi

Mitti biosensor 32 tagacha kasallikni aniqlaydi

Foto: 4PDA

Kasalliklarni erta bosqichida aniqlash — ularni samarali davolashning kaliti. Bu yo‘nalishda Drezden-Rossendorfdagi Gelmgols markazi (HZDR) jiddiy yutuqlarga erishdi: nemis olimlari biokimyoviy reaksiyalar asosida kasalliklar markerlarini aniqlovchi intellektual biosensor yaratishdi.

Biosensor juda kichik bo‘lishiga qaramasdan, turli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini aniqlovchi 32 ta blokdan tashkil topgan. Sensordan immunoterapiya va erta bosqichdagi saraton xastaliklari monitoringida foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Shu paytgacha chiqarilgan tranzistorlarga asoslangan biosensorlarning eng katta kamchiligi — bir martalik edi, namuna olib bo‘lingach, ular utilizatsiya qilinardi. HZDR xodimlari esa o‘lchagichlarni tranzistor yuzasiga emas, alohida elektrodga ko‘chirishdi.

Natijada tashxisda ko‘p marta foydalaniladigan qurilma yaratildi. Oldingilaridan ko‘ra tannarxi ancha arzon tushadi. Ishlanma mualliflari tijoriy tashkilotlardan moliyaviy qo‘llov bo‘lishini kutishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring