Katta ekranli planshet nisbatan arzonga sotilyapti
Honor kompaniyasi Pad 8 planshetini sotuvga chiqardi. 12 dyuymli mazkur planshet katta ekrani, 8 ta dinamiki va nisbatan arzon narxi bilan bozorda o‘z o‘rnini topdi. Boshlang‘ich narx 329 yevro.
Planshetning yorug‘lik darajasi 300 kd/m², 2 ta 5 Mp kamerasi, 7250 mA·s sig‘imidagi akkumulyatori bor. 4 GB operativ va 128 GB flesh xotiraga ega.
Gadjetning hajmi 278,54 x 174 x 6,9 mm. 520 gramm og‘irlikda. Android 12, Wi-Fi, Bluetooth 5.1, USB Type-C bilan ta’minlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter