Kalkulyatorda o‘yin o‘ynash mumkinligiga ishonasizmi?

YouTube-kanalning asli kasbi muhandis bo‘lgan Taki Udon taxallusli blogeri tugmachali kalkulyatorni rosmana o‘yin qurilmasiga aylantirdi. Endi unda Mario, DOOM, Nintendo 64, PSP o‘yinlarini o‘ynash mumkin.
Albatta, ixtirochi odatiy emas, GHLBD firmasining muhandislik kalkulyatoridan foydalandi. Unda sensorli katta LCD-ekran, to‘rt yaderli Allwinner A50 chipi, 1 GB operativ xotira mavjud. Bunday kalkulyatorlar taxminan 10 dollar turadi.
Undan o‘yin o‘ynashda tugmachalar ishlatilmaydi, balki sensor ekran orqali boshqariladi. Bu hammasi emas. Qayta ishlangan kalkulyatorda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va brauzerlarni ishga tushirishning ham iloji bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter