Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi sizga hech kim "telefon o‘ynama", demaydi

Endi sizga hech kim

Foto: 4pda.to

ONYX kompaniyasi noodatiy shaklga ega elektron kitobni taqdim etdi. Yangi qurilma standart planshet modellaridan farqli o‘laroq, zamonaviy smartfonlar kabi kichik o‘lchamda bo‘lsada, funksionallik jihatdan katta qurilmalardan sira ham qolishmaydi.

ONYX BOOX Palmaning yuzasi 6,13 dyuymli E-Ink monoxrom displey bilan qoplangan. Shuningdek, u Super Refresh texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet sakkiz yadroli Qualcomm protsessoriga asoslangan bo‘lib, 6 Gb tezkor xotira va 128 Gb USF 2.1 diski bilan jihozlangan.

Simsiz aloqa uchun Wi-Fi 810.11ac va Bluetooth 5.0 modullari javob beradi. USB Type-C esa qurilmani quvvatlantirish va ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi.

ONYX BOOX Palma kitob-smartfoniga ega bo‘lish uchun bor-yo‘g‘i 250 dollarga oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Qurilma joriy yilning avgust oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring