Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi android smartfonlarda "samolyot" boshqacha uchadi

Endi android smartfonlarda

Foto: Yandex.ru

Telefoningizdagi barcha simsiz interfeyslarni o‘chirib qo‘yadigan, ayniqsa hech kim bezovta qilishini istamagan paytingiz joningizga oro kiradigan "samolyot" belgisi sizga yaxshi tanish bo‘lsa kerak?

Ammo yaqin kunlarda android smartfonlardagi "parvoz rejimi"ning odatiy sozlamalari o‘zgarishi mumkin.

Chunki Google kompaniyasi mazkur rejimning funksionalligini kengaytirish uchun yangi algoritm ustida ishlamoqda.

Xususan, ekrandagi tugmani bosganingizda, faqat radio moduligina o‘chadi, ammo Bluetooth va Wi-Fi bundan mustasno.

Shuningdek, bir yoki bir nechta omillar asosida samolyot rejimini avtomatik ravishda faollashtirish imkoniyati ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ya’ni, agar smartfon samolyot uchayotganini sezsa, Bluetooth va Wi-Fi orqali ulanishni to‘xtatmasdan ham uyali aloqani avtomatik ravishda o‘chiradi. Ammo bu ajoyib xususiyat android amartfonlarda qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring