Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng kichik 4K veb-kameraning narxi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng kichik 4K veb-kameraning narxi ma’lum bo‘ldi

Foto: 9to5Mac

Apple va Beats sobiq dizaynerlari asos solgan Opal kompaniyasi Opal Tadpole veb-kamerasini taqdim etdi.

Kichkina, ammo to‘laqonli ushbu 4K-kamera yo‘lga otlanganlar uchun yaxshi vosita.

Kompaniya ishontirishicha, Opal Tadpole shu paytgacha yaratilgan veb-kameralarning eng kichigidir: kattaligi — atigi 1,2 dyuym yoki 3 santimetr (kvadrat shaklida), og‘irligi — 45 gramm.

Veb-kamera noutbukda ishlash uchun moslashtirilgan, ekranga qotirish uchun maxsus qisqichi bor. Kameraning USB-C kabelidan boshqa qurilmalarda ham foydalansa bo‘ladi.

Audio sifati: Opal ma’lumotiga ko‘ra, Tadpole sun’iy intellektli yo‘naltirilgan mikrofonga ega. Ya’ni fondagi shovqinlar va keraksiz tovushlarni filtrlab, “faqat kamera ko‘rib turgan ovozlarni yozadi”.

Narxi — 175 dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring