Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BYD hamda Mercedes-Benzning yangi avlod krossoveri

BYD hamda Mercedes-Benzning yangi avlod krossoveri

Foto: ChineseAutomobiles.com

BYD yangi Denza N8 krossoverini taqdim etdi, bu aslida BYD Tang modelining chuqur modernizatsiya qilingan versiyasidir.

Ishlab chiqaruvchi birinchi rasmlarni e’lon qildi, ammo Denza N8 texnik komponenti haqida tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Chinese Automobiles ma’lumotlariga ko‘ra, Denza N8 gibrid va sof elektr quvvati bilan sotuvga chiqariladi. Bundan tashqari, xaridorlar salondagi o‘rindiqlar sonini (5, 6 yoki 7) tanlashlari mumkinligi ma’lum.

Asl BYD Tang 2015 yilda, ikkinchi avlod 2018 yilda chiqarilgan va bugungi kunda ham ishlab chiqarilmoqda. 2019 yilda ushbu model asosida Mercedes-Benz bilan birgalikda Denza X krossoveri chiqarildi. Denza N8 esa Denza X o‘rniga keladi.

Narxlar va Denza N8 haqidagi boshqa tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring