Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buklanadigan Motorola Razr 50 Ultra qachon chiqadi?

Buklanadigan Motorola Razr 50 Ultra qachon chiqadi?

Foto: Yandeks

Motorola Razr 50 Ultra smartfonining suratlari internetda tarqalib ketdi

Rasmlarga qaraganda, tashqi ko‘rinishidan u o‘tgan yilgi versiyadan unchalik ham farq qilmaydi.

Suratdan ko‘rinib turibdiki, Motorola Razr 50 Ultra ekran bilan o‘ralgan ikkita linzali va chiroqli gorizontal kameralar blokini saqlab qolgan.

12/512 GB modifikatsiyaga ega smartfon ko‘k, to‘q sariq va yashil ranglarda ishlab chiqariladi.

U allaqachon Hindiston va Yevroosiyo mamlakatlarida sotilishi uchun sertifikatlangan.

Smartfonning narxi va chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Biroq, 40 Ultra o‘tgan yilning 1-iyunida taqdim etilganini inobatga olsak, taqdimot yaqin haftalarda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring