Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple Vision Pro tibbiyot va ta’lim vositasiga aylana oladimi?

Apple Vision Pro tibbiyot va ta’lim vositasiga aylana oladimi?

Foto: Apple

Apple kompaniyasi o‘zining yangi Vision Pro to‘ldirilgan reallik qurilmasi uchun turli sohalarda potensial xaridorlarni qidirmoqda. Kompaniya xodimlari o‘rtasida tarqatilgan videoqo‘llanmaga ko‘ra, qurilmani tibbiyot, ta’lim va sanoatda qo‘llashga ko‘p urg‘u berilmoqda. Kompaniyaning o‘z xodimlari bu qurilmani ancha imtiyozli narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Bloomberg qo‘lida paydo bo‘lgan ushbu videorolik stenogrammasida Vision Proni ishlab chiqishga mas’ullar — Mayk Rokvell va Alan Day qurilma bozorning qaysi yo‘nalishlarida qo‘llanilishi mumkinligini tushuntirib berishgan. Ular tibbiyot va ta’limga e’tibor qaratish kerakligini aytishgan. Xususan, jarrohlar uning yordamida operatsiya qilish barobarida bemorning holati haqidagi muhim ma’lumotlarni ko‘rib turishadi. Ma’lumki, odatda jarrohlar operatsiya jarayonida ushbu ma’lumotlarni olish uchun sal naridagi monitorlarga qarashga majbur bo‘lib, vaqt va diqqatni yo‘qotishadi.

Murakkab texnikalarni ta’mirlashni ham Apple Vision Pro yodamida optimallashtirish mumkin deyishmoqda, virtual displeyda aks etuvchi maslahatlar ishchilarga qo‘l kelishi mumkin ekan.

Ta’limda esa Vision Pro taqdim etajak imkoniyatlar sanoqsiz ekan: masalan, jarayonda ishtirok effekti qo‘llanilgan qiziqarli kontentlar orqali o‘quvchilar darslarni yaxshiroq eslab qolishlari mumkin bo‘ladi.

Apple kompaniyasining oddiy xodimlari Vision Pro garniturasini kamida 25 fozlik chegirma bilan xarid qilishlari ham ma’lum qilingan. Vision Pro narxi $3499 ekani nazarda tutilsa, xodimlarga qurilmani xarid qilish taxminan $2600 ga tushadi — anchagina pul yonlarida qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring