Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple va Cobalt. Qanday aloqadorlik bor?

Apple va Cobalt. Qanday aloqadorlik bor?

Foto: Habr.com

Apple kompaniyasi 2025-yildan boshlab elektron akkumulyatorlarida faqat qayta ishlangan kobaltdan foydalanishini bildirdi. 

Kompaniya Qayta tiklash jamg‘armasiga 200 million dollargacha mablag‘ yuborishga va’da berdi. Kobaltning katta qismi mis va nikel qazib olishning qo‘shimcha mahsuloti sifatida ishlab chiqariladi. Ammo Kongo janubidagi konchilar metallning boy konlarini o‘zlashtirmoqda.

Apple ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda kompaniya mahsulotlarini tayyorlashda qo‘llangan kobaltning to‘rtdan bir qismi qayta ishlash mahsuli. Korporatsiya ishlatayotgan alyuminiyning 66 foizdan ortig‘i, nodir metallarning 75 foizi, volframning 95 foizi qayta ishlash natijasida olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring