Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afsonaviy Nokia ishqibozlari uchun ajoyib yangilik!

Afsonaviy Nokia ishqibozlari uchun ajoyib yangilik!

HDM kompaniyasi Yevropa bozorida uchta yangi funksiyali telefonlarni chiqardi: Nokia 215 4G, Nokia 225 4G va Nokia 235 4G.

Klassik shakl faktoriga qo‘shimcha ravishda, qurilma o‘zining yorqin ranglari va LTE tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi.

2,8 dyuymli IPS displeylar bilan jihozlangan Nokia 215 4G va Nokia 235 4G modellarida QVGA mavjud. Nokia 225 4G ning ekran diagonali esa biroz kichikroq — 2,4 dyuym.

Qurilmalar orasidagi yana bir farq kamerasida. Ya’ni, Nokia 225 4G LED chirog‘i va 0,3 megapikselli sensorga, Nokia 235 4G esa 2 megapikselli sensorga ega. Nokia 215 4G ning esa orqa modeli mavjud emas.

Barcha telefonlarning asosi Unicos T107 mobil platformasi bo‘lib, u 64 MB operativ xotira va 128 MB ichki xotira bilan to‘ldirilib, microCD karta yordamida xotirani 32 Gb gacha kengaytirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, ular 1450 mA/soat sig‘imli bir xil akkumulyatorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular 9,8 soatgacha miriqib suhbatlashishga yetadi. Barcha yangi mahsulotlar S30+ proshivkasi asosida ishlaydi.

Qurilmada MP3 pleer, FM radio, Bluetooth 5.0 moduli va quvvatlantirish uchun USB Type-C porti bor. Eng asosiysi ushbu telefonda siz hali ham afsonaviy "snake" o‘yini o‘ynab, yoshlikni eslashingiz mumkin.

Qadrdon ning yangi narxlari quyidagicha:

Nokia 215 4G – 59 yevro;
Nokia 225 4G – 69 yevro;
Nokia 235 4G – 79 yevro.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring