Dunyoning eng qimmat kompaniyasi rahbari qancha maosh oladi?
Dunyoning eng qimmat kompaniyasi — Apple (kuni kecha Microsoftni o‘tkazib yuborgan kompaniya yana o‘z o‘rniga qaytdi — tahr.) bosh direktori Tim Kuk 2023-yilda $63,2 mln daromad oldi.
Kukning maoshi — $3 mln. 10,7 mln dollarni mehnatlari natijalariga qarab bonuslar ko‘rinishida oldi, 47 mln dollari esa Apple aksiyalaridan tushgan mukofot pullari. Qolgan $2,5 mln hayotini sug‘urtalash, ta’til pullari, xavfsizlik xarajatlari, yonidan sotib olgan aviachiptalar to‘lab berildi.
2023-yilda Apple direktorlar kengashi, aksiyadorlar va Kukning o‘zi ham uning maoshini kamaytirishga qaror qilgandi. Shunday qilinsa uning yillik daromadi $49 mln bo‘lishi chamalangandi. Ko‘rib turganingizdek, yakunda raqamlar yanada kattalashib ketdi — mo‘ljaldagidan 14 million dollar ko‘p! Bosh direktorning daromadi ko‘payishiga Apple faoliyatidagi yaxshi ko‘rsatkichlar sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter