Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 1700 ta avtobus aqlli transport (IVMS) boshqaruv tizimiga ulanadi

Toshkentda 1700 ta avtobus aqlli transport (IVMS) boshqaruv tizimiga ulanadi

Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJ mutaxassislari tomonidan IVMS sistemasiga 1700 ga yaqin avtobuslarning ichki qurilmalaridagi ma’lumotlarini kiritish va integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Transport vazirligi tomonidan ma’lumotlar bazasi optimallashtirildi va dasturiy ta’minotni zaxiralash kabi qo‘shimcha funksiyalar joriy etildi.

Shuningdek, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari avtobuslar harakatini Google xarita orqali real vaqtda kuzatishlari uchun Google xaritasi bilan muvaffaqiyatli integratsiya qilindi.

“Yaqin kunlarda yo‘lovchilar o‘z yo‘nalishini rejalashtirishda IVMSning barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring